Fidbol.net

Moliyaviy foyda yoki "Barsa"? Andreas Kristensen o‘z qarorini qabul qildi

Tahririyat 36
Moliyaviy foyda yoki "Barsa"? Andreas Kristensen o‘z qarorini qabul qildi

"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen jamoadan ketishni istamayapti.

30 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning muddati tugab borayotgan shartnomani uzaytirish bo‘yicha birinchi taklifini rad etgan edi, biroq hozirda yangi muzokaralar olib borilmoqda — tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvni muhokama qilishyapti.

Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa klublar daniyalik futbolchiga moliyaviy jihatdan ancha manfaatliroq shartlar taklif qilishmoqda, lekin o‘yinchining ustuvor maqsadi o‘zgarmagan — u qolishni afzal ko‘radi.

Andreas Kristensen jarohatlar tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi. Tajribali himoyachi joriy mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring