Fidbol.net

Mirko Yelichich: "Oʻyin davomida sun'iy maydonga koʻnikib bordik"

Tahririyat 2
Mirko Yelichich: "Oʻyin davomida sun'iy maydonga koʻnikib bordik"

- Ogʻir oʻyin boʻldi. "Xorazm" oʻz maydonida oʻynayotgani sababli oxirigacha kurashishini bilardik. Oʻyin davomida biz ham sun'iy maydonga moslashib bordik. Oʻtgan haftada Temurxoʻja Abduxoliqov bilan bogʻliq holatdan keyin biz ham bunga koʻnikishimiz kerak. Bu holat jamoaga oʻz ta'sirini oʻtkazmay qolmadi. Lekin bugun oʻzimizni koʻrsatib, yaxshi oʻyin namoyish qilganimiz yoqimli boʻldi va muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdik.

- Keyingi oʻyin uchun rejalar qanday?

- Har bir raqib oʻzgacha. "Bunyodkor"ni oʻrganib chiqamiz. Har yangi haftada yangi raqib, yangi tizimni koʻramiz. Bilamiz, "Bunyodkor" hozir biroz ogʻirroq holatda. Ularni oʻz maydonimizda qabul qilamiz. Yaxshi maydon, bunda "Bunyodkor" ham yaxshi oʻyin koʻrsatadi. Biz esa tartibli boʻlishimiz kerak.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring