Jasur Yaxshiboev salkam 3 yil deganda Superligada gol urdi
Tahririyat
•
•
4
Ushbu bahsning 77-daqiqasida "temiryoʻlchilar" yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboev raqiblari darvozasini ishgʻol qildi va shu orqali u salkam 3 yil deganda Superligada gol urdi.
U soʻnggi marta 1058 kun oldin, ya'ni, 2023 yilning 28 sentyabrida "Navbahor" - "Turon" uchrashuvida yaypanliklar darvozasini ishgʻol qilgandi.
“Navbahor”dan keyin futbolchi Qozogʻistonning “Ordabasi” va Eronning “Nassaji” jamoalari tarkibida harakat qildi.
Ma'lumot uchun, Yaxshiboev yozda "Lokomotiv" tarkibiga qoʻshildi va 4 oʻyinda maydonga tushdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0