Messi yana bir noyob rekordga erishdi
Lionel Messi Argentina terma jamoasining Ispaniyaga qarshi jahon chempionati final uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. Messi uchun bu faoliyatidagi uchinchi mundial finali bo‘ldi — bungacha Leo 2014 va 2022 yilgi finallarda maydonga tushgan edi.
Bungacha tarixda faqatgina birgina futbolchi jahon chempionatlarining uchta finalida qatnashgan. Bu himoyachi Kafu bo‘lib, u Braziliya safida 1994, 1998 va 2002 yilgi finallarda o‘ynagan.
Ta’kidlash joizki, Pele ikkita finalda qatnashgan — futbol qiroli 1962 yilgi mundial finalini jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan edi.
2014 yilda Messi boshchiligidagi Argentina finalda Germaniyaga imkoniyatni boy bergan (120 daqiqadan so‘ng 0:1), 2022 yilda esa Argentina Fransiyani mag‘lub etgan edi (120 daqiqadan so‘ng 3:3, penaltilar seriyasida 4:2).
Manba: stadion.uz
Izohlar 0