"Meni otib tashlashlariga to‘g‘ri keladi": Florentino Peres prezidentlik uchun oxirigacha kurashishini aytdi
"Real" rahbari Florentino Peres seshanba kungi matbuot anjumanida bir qator shov-shuvli va hatto keskin bayonotlari bilan ajralib turdi. Peres hakamlarning adolatsizligi, "Negreyra ishi", "o‘g‘irlangan" sovrinlar, yomon jurnalistlar va boshqa mavzular haqida gapirdi. Shuningdek, Florentino o‘zining klub prezidenti sifatidagi faoliyatiga ham to‘xtaldi.
"Men "Real" uchun kecha-yu kunduz xuddi yirtqichdek ishlayapman. Nima uchun jurnalistlar eng nufuzli klubga hujum qilayotganini tushunmayapman. Bizda eng yuqori daromad va eng qimmat tarkib bor. Yaqinda "Barselona"ga mag‘lub bo‘lganimiz — bu falokat emas. Menga qarshi uyushtirilgan kampaniya ketmoqda. Ular meni klubdan siqib chiqarishlari mumkin deb o‘ylashadi. Yo‘q. Buning uchun ular meni otib tashlashlariga to‘g‘ri keladi. Marhamat, prezidentlik lavozimi uchun menga qarshi o‘z nomzodlarini qo‘yishsin. Yo‘q, ular buni hech qachon qilishmagan. Ehtimol, ular mendan qo‘rqishar", — dedi Peres matbuot anjumanida.
"Real" 2025/2026 yilgi mavsumni birorta ham sovrin qo‘lga kiritmasdan yakunlamoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0