Fidbol.net

Mbappe: «Odamlar dam olishim kerakligini aytishgandi, keyin esa «Albasete» bizni chiqarib yubordi»

Tahririyat 2
Mbappe: «Odamlar dam olishim kerakligini aytishgandi, keyin esa «Albasete» bizni chiqarib yubordi»

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe qo‘shimcha dam olishga ehtiyoji yo‘qligini ma’lum qildi.

«Odamlar meni maydonda juda ko‘p vaqt o‘tkazayotganimni, dam olishim kerakligini aytgani yodimda. Keyin esa biz «Albasete»ga yutqazib, Ispaniya Kubogini tark etdik... Endi esa ko‘pchilik meni umuman o‘ynashni xohlamayapti deb aytmoqda. Xo‘sh, haqiqat qayerda? Bunday gaplarni eshitish menga yoqimsiz. Men har doim o‘ynashni xohlayman», — deya 27 yoshli fransuzning so‘zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.

Chorshanba kuni Mbappe La Liga doirasidagi «Real Ovyedo»ga qarshi o‘yinning (2:0) ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv yakunida hujumchi Jud Bellingemga golli uzatma yetkazib berdi. Kilian tilga olgan «Albasete»ga qarshi o‘yin shu yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan va bu jamoaning Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi ilk uchrashuvi edi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring