Fidbol.net

Mbappe Desham bilan ta’sirli xayrlashdi

Tahririyat 7
Mbappe Desham bilan ta’sirli xayrlashdi

19 iyul kuni Fransiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida Angliyaga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi. Bronza medali uchun kechadigan o‘yin oldidan «uch ranglilar» sardori Kilian Mbappe terma jamoa bosh murabbiyi Didye Deshamga ta’sirli so‘zlar bilan minnatdorlik bildirdi. Ushbu uchrashuv mutaxassis uchun terma jamoa boshqaruvidagi so‘nggisi bo‘ladi.

«Bugun sening so‘nggi raqsing. Sen bizga juda ko‘p narsa bergan insonsan. Biz seni eng yaxshi final bilan siylashimiz shart edi, ammo uddalay olmadik. 14 yil davomida qilgan mehnatingni so‘z bilan ifodalash juda qiyin. Sen jamoaning qayta tirilishida asosiy figura bo‘lding. Odamlar seni har doim ham munosib baholamagan bo‘lishi mumkin, lekin vaqt va tarix hammasini o‘z o‘rniga qo‘yadi», — deb yozdi Mbappe o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.

Madridning «Real» klubi hujumchisi, shuningdek, murabbiyga Fransiya sharafini xalqaro turnirlarda himoya qilish imkoniyatini bergani uchun minnatdorlik bildirdi va kelajakdagi ishlariga omad tiladi.

Desham 2012 yildan buyon «uch ranglilar» murabbiylar shtabida ish olib bordi. 57 yoshli mutaxassis qo‘l ostida fransiyaliklar 2022 yilgi Jahon chempionati va 2020/2021 yilgi mavsumda Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lishdi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring