Fidbol.net

Mauro "Yuventus"ning asosiy muammosini aytdi

Tahririyat 2
Mauro "Yuventus"ning asosiy muammosini aytdi

«Yuventus»ning sobiq futbolchisi Massimo Mauro jamoaning mavsum boshidagi o‘yini haqida fikr bildirib, asosiy muammo taktika yoki futbolchilarning individual mahoratida emasligini aytdi.

Mauroning fikricha, «Yuventus» hali to‘laqonli jamoaga aylana olmagan. Uning ta’kidlashicha, turinliklar tarkibida kuchli futbolchilar ko‘p, ammo ularning individual salohiyati hozircha yaxlit jamoaviy o‘yinga aylanmayapti.

"Jamoa o‘yiniga ta’sir qilayotgan asosiy muammo bor. Bu texnik yoki taktik masala emas, gap guruh hali jamoaga aylanmaganida.

Maydonda atigi bir nafar italiyalik futbolchi bo‘lsa, jamoaga o‘ziga xoslikni singdirish qiyin. Qolaversa, u ham klubga bir oy avval kelgan va «Yuventus» haqida hali ko‘p narsa bilmaydi.

«Yuventus» individual jihatdan kuchli futbolchilarga ega. Ammo bu futbolchilarning birdam jamoaga aylanishida katta qiyinchilik bor", — dedi Mauro.

«Yuventus» mavsumni dastlabki ikki g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa-da, keyin «Milan» bilan durang o‘ynadi va «Sassuolo»ga mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa jamoa A Seriyada ketma-ket ikki uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayapti.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring