Gilmor: "Bu kombinasiyani mashg‘ulotlarda ishlab chiqqan edik"
Tahririyat
•
•
3
«Napoli» yarim himoyachisi Billi Gilmor «Fiorentina»ga qarshi 1:1 hisobidagi uchrashuvda urgan golidan keyingi uni nishonlash marosimi haqida gapirdi.
Shotlandiyalik futbolchi hisobni ochganidan so‘ng jamoadoshlari bilan birga «Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yordamchisi Marko Landuchchi tomon yugurdi.
"Bunday vaziyatlardan foydalanish uchun bu kombinasiyani mashg‘ulotlarda ishlab chiqqan edik va bugun u yaxshi ish berdi. Shuning uchun jamoa va murabbiylar shtabiga minnatdorlik bildirish uchun ularning oldiga bordim", — dedi Gilmor DAZN Italia nashriga.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0