A Seriya. "Fiorentina" va "Napoli" durang oʻynashdi
Oʻyin Florentsiyadagi "Artemio Franki" stadionida boʻlib oʻtdi. Daniele Doveri bosh hakam sifatida ishladi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Hisobni 23-daqiqada "Napoli" yarim himoyachisi Billi Gilmor ochdi. 51-daqiqada "Fiorentina" himoyachisi Alexandro Ximenes javob toʻpini kiritdi.
“Fiorentina” - “Napoli” 1:1
Gollar: Ximenes 51 - Gilmor 23.
A Seriyaning beshta turidan soʻng "Fiorentina" toʻrt ochko toʻplab, turnir jadvalida 16-oʻrinni egallab turibdi. "Napoli" esa etti ochko jamgʻarib, toʻqqizinchi pogʻonada bormoqda.
Keyingi turda Paolo Vanoli jamoasi 10 oktyabr kuni "Djenoa" bilan uchrashadi, Massimiliano Allegri shogirdlari esa 10 oktyabr kuni "Frozinone"ga qarshi maydonga tushishadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0