Fidbol.net

Amorim: “Milan”dagi bosim “Manchester Yunayted”dagidek”

Tahririyat 10
Amorim: “Milan”dagi bosim “Manchester Yunayted”dagidek”

Shu bilan birga, mutaxassis "Milan"dagi bosim xuddi "Manchester Yunayted"dagi kabi yuqori ekanini bildirdi.

"Manchester Yunayted"da ham, "Milan"da ham gʻalaba qozonish majburiyati bosimi ostida yashaydigan ikki ulkan klubda odamlar barcha narsani bir necha oy ichida talab qilishlarini bilaman va men bu erda ham xuddi shunday bosimni his qilyapman. Bu jamoa biroz boshqacha, u 3 nafar himoyachi bilan oʻynashga koʻproq odatlangan, biroz tezroq, biroz baquvvatroq. Albatta, ayni damda menda ideal mos tushadigan aniq xususiyatlarga ega tarkib yoʻq, ammo yangi jamoani qabul qilib olgan vaqtda buning iloji ham yoʻq", – deya Amorimning soʻzlarini keltiradi “Sky Italia”.

Murabbiy muxlislarni sabrli boʻlishga chaqirdi. Amorimning soʻzlariga koʻra, u hozirgi jamoasi uchun bor kuchi bilan ishlamoqda va uni yanada yaxshilashga yordam berishni xohlaydi.

"Menga etarlicha vaqt beriladimi-yoʻqmi bilmayman, lekin oʻyinchilarimga qarab, ular mashgʻulotlarda aytgan har bir gapimni diqqat bilan tinglayotganini koʻryapman. Bu esa muammolarni hal qilishimizga umid bagʻishlaydi", – deya qoʻshimcha qildi mutaxassis.

"Benfika"dan uchralgan magʻlubiyat Amorim uchun "Milan" bosh murabbiyi sifatidagi ilk magʻlubiyat boʻldi. Bunga qadar jamoa A Seriyada 2 ta gʻalaba va 2 ta durang qayd etgan edi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring