Fidbol.net

Allegri shogirdlaridan sovuqqonlikni talab qildi

Tahririyat 1
Allegri shogirdlaridan sovuqqonlikni talab qildi

«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Fiorentina»ga qarshi 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng jamoa natijadan norozi bo‘lishi kerakligini aytdi.

"Menimcha, texnik jihatdan yaxshi o‘ynadik. Ammo maydonning har ikki qismida ham yanada qat’iyatli bo‘lishimiz kerak. To‘p uchun kurashdagi shijoat ko‘p narsani hal qiladi", — dedi Allegri DAZN Italia nashriga.

Murabbiyning ta’kidlashicha, to‘pga egalik qilishning o‘zi yetarli emas. «Fiorentina» uchrashuv oxiriga borib charchagan bo‘lsa-da, «Napoli» bundan foydalana olmadi.

"Agar bugun maydonni g‘azab bilan tark etmasak, demak, hali oldimizda juda ko‘p ish bor. Biz ko‘proq vaziyat yaratishimiz va ularni golga aylantirishimiz kerak.

Uchrashuv tugashiga bir daqiqa qolganda to‘pni osongina yo‘qotib, himoyada muvozanatni buzib qo‘ydik. Bunday vaziyatlarda hech bo‘lmasa natijani saqlab qolishimiz kerak", — dedi u.

Manba: stadion.uz

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring