«Marsel» Obameyangning transfer narxini belgiladi
Tahririyat
•
•
3
Fransiyaning «Marsel» klubi 37 yoshli hujumchi Pyer-Emerik Obameyangni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Marsel» Obameyangni uning maoshi yuqoriligi sababli sotish niyatida. Klub gabonlik futbolchini 1,5 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Unga «Trabzonspor», «Beshiktash», «Chorum» klublari, shuningdek, Ispaniya, Italiya va AQSH jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Obameyang o‘tgan yozda ikki yillik mehnat shartnomasi imzolab, «Marsel»ga kelib qo‘shilgan edi. Ortda qolgan mavsumda hujumchi 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0