Gudmundsson Islandiya terma jamoasi o‘yinida yelkasidan jarohat oldi
"Lasio" vingeri Albert Gudmundsson Islandiya terma jamoasining Estoniyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinida jarohat oldi. Bu haqda Football Italiya xabar berdi.
Gudmundsson noqulay yiqilish oqibatida jarohatlandi va 0:0 hisobida ketayotgan o‘yinning 30-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Isak Torvaldsson tushdi. Uchrashuv yakunda 1:1 hisobida tugadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining yelkasi chiqqan bo‘lishi mumkin. Jarohat darajasini aniqlash uchun qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar talab etiladi.
Gudmundsson transfer oynasining so‘nggi kunida "Fiorentina"dan "Lasio"ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara asosida o‘tgan edi.
U Rim klubi safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, har safar zaxiradan maydonga tushdi. Futbolchi 7 sentyabr kuni "Udineze"ga qarshi debyut uchrashuvida 1 ta gol urgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0