Fidbol.net

Gavi psixologga murojaat qilishni istashini aytdi

Tahririyat • • 4
Gavi psixologga murojaat qilishni istashini aytdi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohatlar davrida ruhiy jihatdan qanday kurashgani haqida gapirdi. Futbolchining aytishicha, u hozirgacha psixologga murojaat qilmagan, ammo kelajakda buni qilishni istaydi.

"Psixologga murojaat qilish har doim foydali. O‘zingni yomon his qilayotgan bo‘lasanmi yoki hatto yaxshi holatdasanmi — baribir bu muhim.

Men avval hech qachon psixologga bormaganman, ammo borishni istardim. Men o‘zimni oilam davrasi bilan chekladim va bu menga juda katta yordam berdi", — dedi Gavi.

"Barselona" La Liganing dastlabki 7 turidan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalida ishonchli peshqadamlik qilmoqda.

Xans-Diter Flik jamoasi navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni "Xetafe"ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring