Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Peruni yirik hisobda taslim etdi
Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida 10-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston ayollar jamoasi Peru terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi.
Umida Omonova, Guldona Karimova va Nilufar Imomqo‘ziyeva o‘z o‘yinlarida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Afruza Hamdamova raqibi bilan durang o‘ynadi.
Afruza Hamdamova - Kori Deysi - 0,5:0,5
Umida Omonova - Mariya Teresa Ximenes - 1:0
Guldona Karimova - Aleyla Hilario - 1:0
Nilufar Imomqo‘ziyeva - Fiorella Kontrereras - 1:0
Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston ayollar terma jamoasi reytingida 7-pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi tur oldidan O‘zbekistonning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Biroq, 2-o‘rin uchun kurash davom etadi. Hozirda Xitoy ayollar terma jamoasi 18 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi pog‘onalarda Bibisora Assubayeva boshchiligidagi Qozog‘iston hamda Hampi Koneru yetakchiligidagi Hindiston terma jamoalari qayd etilgan.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi so‘nggi turda Armanistonga qarshi dona suradi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0