Murat Yakin Jaka va Emboloning terma jamoadan chetlatilishi haqida gapirdi
Shveysariya terma jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin Granit Jaka va Brel Emboloning COVID-19 vaksinasiyasi bo‘yicha soxta sertifikatlar sotib olgani sabab milliy jamoadan chetlatilishi haqida fikr bildirdi.
26 sentyabr kuni Shveysariya UYEFA Millatlar ligasi 1-turida Shimoliy Makedoniyaga qarshi maydonga tushadi.
"Bu qaror federasiya darajasida qabul qilindi. Albatta, men muhokamada ishtirok etdim va vaziyatdan xabardor edim, ammo qaror mendan chiqmadi.
Hozir ixtiyorimizda uch nafar hujumchi bor: Zeki Amduni, Sedrik Itten va Uinsli Boteli.
Albatta, so‘nggi yillarda jamoaning muhim va ajralmas qismi bo‘lgan ikki futbolchi bizga yetishmayapti. Ammo endi mas’uliyat barchamizning zimmamizda", — dedi Yakin.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0