Fidbol.net

Mareska "Manchester Siti"dan "Real" futbolchisini sotib olishni soʻradi

Tahririyat 8
Mareska "Manchester Siti"dan "Real" futbolchisini sotib olishni soʻradi

"TEAMtalk" xabariga koʻra, "Manchester Siti" boʻlajak bosh murabbiyi klub rahbariyatiga 26 yoshli marokashlik vinger Braim Diasni "Real"dan sotib olish istagi haqida ma'lum qilgan.

2.jpg

Mareska Diasning oʻyin uslubini yoqtiradi. Vinger faoliyatini "Siti" akademiyasida boshlagan va hatto "shaharliklar"ning asosiy jamoasida oʻynagan, ammo 2019 yilda u madridliklarga 18 million evro evaziga oʻtgan.

Dias ushbu mavsum "qaymoqranglilar" safida 42 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga koʻra, uning hozirgi narxi 35 million evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring