Alvares "Barselona"ga oʻtish uchun "Atletiko" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi — Marca
Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotga koʻra, kataloniyaliklar uchun potentsial transferning qiyinchiligi shundaki, "Atletiko" futbolchi uchun kamida 150 million evro talab qilmoqda. Sababi, uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha moʻljallangan va unda tovon puli 500 million evro etib belgilangan. Argentinalik futbolchining oʻzi esa oʻzi uchun "yanada istiqbolli loyiha"ga oʻtishni istamoqda.
Avvalroq, futbolchiga PSJ, "Arsenal" va "Barselona" klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda Alvares 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli argentinalikni 90 -million evroga baholamoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0