Florentino Peres: "Yaxshi murabbiy "Real"ning oʻyinini yoʻlga qoʻyib oladi"
Uning soʻzlariga koʻra, Madrid klubi tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchilari jam boʻlishgan.
"Yaxshi murabbiy jamoamizning oʻyinini yoʻlga qoʻyib oladi, chunki bizda dunyoning eng yaxshi oʻyinchilari bor. Mbappe, Vinisius, Bellingem, Gyuler, Valverde, Tchuameni… Ular — dunyoda tengsiz", — deya Peresning soʻzlarini keltirmoqda Managing Madrid nashri.
Mish-mishlarga koʻra, shu yozda "Real"ni 2010 yildan 2013 yilgacha ham "qaymoqranglilar"ni boshqargan Joze Mourinyu oʻz qoʻliga oladi.
Bundan tashqari, "Real" prezidenti shartnomasi 2027 yilning iyunigacha moʻljallangan Vinisius Juniorning kelajagi haqida ham alohida toʻxtalib oʻtdi:
"Vinisius shartnomasini uzaytiradimi? Men buni bilmayman, lekin uning jamoada qolishini xohlayman, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biridir".
Manba: championat.asia
Izohlar 0