Fidbol.net

Manba: "Barselona" Xulian Alvares bilan kelishuvga erishdi

Tahririyat 7
Manba: "Barselona" Xulian Alvares bilan kelishuvga erishdi

Bu haqda insayder Sezar Luis Merlo ma'lum qildi.

Manbaning soʻzlariga koʻra, Kataloniya klubi rahbariyati hozirda madridliklarga rasmiy taklif tayyorlamoqda. Biroq "koʻk-anorranglilar" oʻz futbolchilarini kelishuvga qoʻshish niyatida emas va transferni naqd pul bilan hal qilishni rejalashtirmoqda. "Atletiko" argentinalik futbolchini taxminan 150 million evroga sotishni koʻrib chiqishga tayyor.

Alvares 2024 yilning yozida "Manchester Siti"dan transfer qilingan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 49 oʻyinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring