Fidbol.net

«Manchester Yunayted» «Tottenxem» vingeri transferini e’lon qildi

Tahririyat 10
«Manchester Yunayted» «Tottenxem» vingeri transferini e’lon qildi

«Manchester Yunayted» matbuot xizmati «Tottenxem»ning chap qanot vingeri Taynan Tompsonning o‘tganini e’lon qildi.

18 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma tafsilotlari ochiqlanmayapti. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi to‘rt million funt sterlingni tashkil etgan. Yana to‘rt million funtni «shporlar» bonuslar sifatida olishlari mumkin. Shuningdek, kelishuvga vingerning keyingi sotuvidan 20% ulush olish haqidagi band ham kiritilgan.

Taynan Tompson «Tottenxem»ning asosiy jamoasida hali biror marta maydonga tushmagan, ammo o‘tgan mavsumda Angliya liga kubogining bitta va Chempionlar ligasining ikkita o‘yinida londonliklar qaydnomasiga kiritilgan edi. Tompson hisobida Angliyaning 18 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida o‘tkazilgan yettita o‘yin bor.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring