Luka Modrich o‘ziga eng ko‘p muammo tug‘dirgan raqib nomini aytdi
Tahririyat
•
•
5
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichdan maydondagi raqiblaridan qay birini eng ko‘p hurmat qilishi haqida so‘rashdi.
«Menga eng ko‘p muammo tug‘dirgan raqib? Andres Inyestaga qarshi o‘ynash menga juda yoqardi. Shu sababli hech ikkilanishsiz uning nomini aytaman», — deya Luka Modrichning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Modrich ham, Inyesta ham Ispaniya chempionatida to‘p tepishgan — birinchisi o‘tmishda «Real» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, ikkinchisi Kataloniyaning «Barselona» klubi a’zosi bo‘lgan. Hozirda Luka «Milan» sharafini himoya qilmoqda va Xorvatiya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0