Lionel Messi 2026 yil yakunlariga koʻra sport sohasida Asturiya malikasi mukofotiga sazovor boʻldi
Mukofot sohibini aniqlashda etti karra paralimpiya chempioni Tereza Perales boshchiligidagi hakamlar hay'ati qaror qabul qildi.
Bu yilgi mukofot uchun 12 mamlakatdan 27 nafar nomzod koʻrsatilgan edi.
Tereza Perales futbolchini "koʻzni qamashtiruvchi iste'dod", ulkan xayriya faoliyati hamda maydondagi oʻrnak boʻlarli xulq-atvori, kamtarligi va jamoaga boʻlgan sadoqati uchun yuksak baholadi.
Messi Asturiya malikasi mukofotini individual tarzda olgan birinchi futbolchi boʻldi.
Ma'lumot uchun: Asturiya malikasi mukofoti 1980 yildan buyon har yili sakkizta yoʻnalishda topshiriladi, sport yoʻnalishi esa 1987 yildan beri mavjud.
Avvalroq ushbu mukofotga 2010 yilda Ispaniya terma jamoasi, 2012 yilda esa Iker Kasilyas va Xavi sazovor boʻlgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0