Fidbol.net

Leau «Galatasaroy»ga o‘tishi mumkin

Tahririyat 2
Leau «Galatasaroy»ga o‘tishi mumkin

Rafael Leau «Galatasaroy»ga o‘tishi mumkin.

Calciomercato jurnalisti Daniele Longoning ma’lum qilishicha, Turkiya klubi «Milan» vingeriga yiliga 8 million yevro maosh va 2 million yevro miqdoridagi bonuslarni o‘z ichiga olgan shartnoma taklif qilmoqda.

Italiya klubi futbolchining transferi uchun taxminan 60 million yevro talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Leau «rossonerilar» safini tark etishini ma’lum qilgan edi. U o‘tgan mavsumda A Seriyada 29 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring