Fidbol.net

«Man Siti» Enso Mareska uchun «Chelsi»ga to‘lanadigan kompensasiya bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Tahririyat 2
«Man Siti» Enso Mareska uchun «Chelsi»ga to‘lanadigan kompensasiya bo‘yicha muzokara olib bormoqda

«Manchester Siti» va «Chelsi» Enso Mareskaning transferi uchun kompensasiya to‘lovi masalasini muhokama qilmoqda.

Avvalroq italiyalik mutaxassis Pep Gvardiola o‘rnini egallab, «shaharliklar» bosh murabbiyiga aylanishi xabar qilingandi. Sky Sports nashrining yozishicha, Manchester klubi kompensasiya miqdori bo‘yicha kelishuvga shu hafta erishishga umid qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, murabbiy bilan uch yillik shartnoma hali to‘liq kelishib olinmagan, biroq tomonlar yaqin kunlarda so‘nggi tafsilotlarni hal qilishlari kerak. Ayni damda ular Mareskaning rasman qachon ish boshlashi, uning murabbiylar shtabi tarkibi va boshqa mayda detallarni muhokama qilishmoqda.

Mareska «Chelsi»ni 2024 yilning iyunidan 2026 yilning yanvarigacha boshqargan. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring