UYEFA pley-off o‘yinlarida «uy maydoni» qoidasini o‘zgartiradi
Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) yirik xalqaro turnirlar saralash bosqichidagi pley-off o‘yinlari reglamentiga o‘zgartirishlar kiritadi. Bu haqda Football Meets Data xabar bermoqda.
Endilikda birinchi savatchadan joy olgan jamoalar nafaqat yarim finalni, balki pley-off finalini ham o‘z maydonida o‘tkazish kafolatiga ega bo‘ladi.
Ilgari pley-off finali mezboni qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanar edi. Shu sababli, ba’zi saralangan terma jamoalar hal qiluvchi uchrashuvlarni mehmonda o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
Xususan, 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off o‘yinlarida Italiya, Daniya va Turkiya terma jamoalari final bahslarini safarda o‘tkazdi. Italiya va Daniya ushbu o‘yinlarda mag‘lub bo‘lib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0