Fidbol.net

Dyumfris «Real» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Tahririyat 3
Dyumfris «Real» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Madridning «Real» klubi «Inter» himoyachisi Denzel Dumfrisni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Qirollik klubi» milanliklarni shartnomada ko‘rsatilgan 20 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lash haqida rasman xabardor qilgan.

Niderlandiyalik futbolchi allaqachon o‘z yurtida «Real» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Florian Plettenbergning qayd etishicha, tomonlar 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzolashga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Dyumfris 2021/22 yilgi mavsumdan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring