Fidbol.net

«Lans» har o‘yinda o‘rtacha 2,06 ochko jamg‘ardi

Tahririyat 19
«Lans» har o‘yinda o‘rtacha 2,06 ochko jamg‘ardi

«Lans» Fransiya chempionatidagi o‘zi uchun juda muvaffaqiyatli kechgan mavsumni ko‘tarinki ruhda yakunladi. Klub safarda «Lion» darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritib, raqibini tor-mor etdi.

Natijada, 34 ta o‘yinda «Lans» 70 ochko to‘pladi — bu har bir o‘yinga o‘rtacha 2,06 ochkodan to‘g‘ri keladi. Bu klub tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natijadir. Faqatgina 2022/2023 yilgi mavsumda «Lans» bundan ham ko‘proq ochko jamg‘argan edi — har o‘yinda o‘rtacha 2,21 ochko. O‘shanda jamoaga «PSJ»ni taxtdan tushirish uchun atigi ikki ochko yetmay qolgandi.

Klub tarixidagi uchinchi eng yaxshi ko‘rsatkich 1997/1998 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda «Lans» har bir o‘yinda o‘rtacha roppa-rosa ikki ochkodan jamg‘argan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring