Kutilmaganda Rodri "Barselona"ga oʻtishni xohlab qoldi va shartnoma shartlarini kelishib oldi
Marca jurnalisti Matteo Morettoning xabar berishicha, Rodri "Barselona" bilan shartnomaning moliyaviy shartlarini kelishib oldi. Manbaning soʻzlariga koʻra, "Man Siti" yarim himoyachisi "Real" muzokaralarda hal qiluvchi qadam tashlashini kutishdan charchagan. "Barselona" futbolchini uning transferi boʻyicha ingliz klubi bilan faol muzokaralar olib borishga tayyorligiga ishontirdi. Yaqin soatlar ichida kataloniyaliklar "Manchester Siti" bilan rasman bogʻlanishadi. Fabris Xokinsning ma'lumotlariga koʻra, 60–70 million evro atrofidagi taklif "shaharliklar"ning talablarini qondirish uchun etarli boʻlishi mumkin. Jurnalistning qayd etishicha, Rodri "Real"ga emas, balki "Barselona"ga oʻtishni afzal koʻradi va bu haqda ham "Manchester Siti", ham madridliklar klubi xabardor. 30 yoshli yarim himoyachi "Barselona"ning oʻyin uslubida oʻzini maksimal darajada koʻrsata olishiga ishonadi. Endi koʻk-anorranglilar bitimni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslarni topishlari kerak boʻladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0