Fidbol.net

Kukurelya: «Rodrini «Real»da ko‘rishni xohlardim»

Tahririyat 14
Kukurelya: «Rodrini «Real»da ko‘rishni xohlardim»

Yaqinda «Real» bilan shartnoma imzolagan ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya milliy terma jamoadoshlaridan kimni «qaymoqranglilar» safida ko‘rishni istashi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Ispaniya milliy terma jamoasidan kimni Madridning «Real» klubiga transfer qilgan bo‘lardim? Rodrini», — deya bayonot berdi futbolchi matbuot anjumanida.

Kukurelya 2026 yilning 15 iyunida Londonning «Chelsi» klubidan Madridning «Real» jamoasiga rasman o‘tgan edi. Himoyachi 2032 yilning iyunigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Rodri esa 2019 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Ayni paytda har ikki futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring