Keyn Donald Tramp bilan birga golf o‘ynadi
Angliya terma jamoasi va "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn AQSH prezidenti Donald Tramp bilan golf o‘ynaganini tasdiqladi.
Siyosatchi ilgari shunday degan edi: "Men Keyn bilan golf o‘ynadim va u menga juda yoqdi. U ajoyib futbolchi va u shuningdek, ajoyib golfchi".
"Rostini aytsam, men yaxshi o‘ynadim. Biz taxminan 18 oy oldin o‘ynagan edik. U meni Palm-Bichda bo‘lganimda o‘ynashga taklif qildi.
Prezident sizni biron joyga taklif qilganda... U bilan uchrashish va golf o‘ynash juda g‘ayrioddiy tajriba bo‘ldi.
Rostini aytsam, Donald juda yaxshi golfchi. Umid qilamanki, men uning yoshida u kabi yaxshi o‘ynay olaman.
Bu noyob tajriba edi. U meni o‘ynashga taklif qilganidan minnatdorman", dedi Xarri Keyn.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0