Fidbol.net

Kerrik Reshfordning «Manchester Yunayted»da qolishini istamoqda

Tahririyat 9
Kerrik Reshfordning «Manchester Yunayted»da qolishini istamoqda

Hujumchi Markus Reshford katta ehtimol bilan «Manchester Yunayted»da qoladi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yangi mavsumda forvardga umid bog‘lamoqda. U futbolchining klubda qolishini istaydi. Shu bilan birga, Reshfordning «Manchester Yunayted»dan ketishi hali ham istisno qilinmaydi, ammo bu faqat Yevropaning top-klubiga o‘tish orqaligina amalga oshishi mumkin.

Markus Reshford «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «qizil iblislar» bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda hujumchi «Barselona» safida ijara asosida to‘p surgan va barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan hamda 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring