Kapdevila Ispaniyaning JCH finallaridagi g‘alabalari haqida gapirdi
Kapdevila JCH finalidan oldin Kukurelya uning irimini takrorlaganini aytib berdi.
Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Joan Kapdevila JCH-2026 finalidan oldin Mark Kukurelyadan nimani so‘raganini so‘zlab berdi.
2010 yilgi jahon chempioni, Garchi AQSHga kirish uchun hujjatlari bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan bo‘lsa-da, Ispaniya va Argentina (1:0) terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyura oldi.
«2010 yilda o‘yin boshlanishidan oldin maysazor tagiga tanga ko‘mgan edim... Men bu voqeani million marta aytib berganman. Kecha esa Kukurelyadan xuddi shu ishni qilishni so‘radim...
Mark, men seni juda yaxshi ko‘raman! Sen jahon chempionisan!» — deb yozdi Kapdevila.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0