Jorje Mendesh: “Yamal — bu yil “Oltin toʻp”ni yutishi mumkin boʻlgan yagona futbolchi”
Tahririyat
•
•
3
“Oltin toʻp”ni daho yutishi kerak va Lamin Yamal — bu yil uni qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan yagona nomzod. U daho va bunday mavsumdan soʻng uni hech kim bilan taqqoslab boʻlmaydi.
Jahon chempionati, La Ligadagi gʻalabalar va “Barselona”dagi ajoyib mavsumdan soʻng uni “Oltin toʻp-2026” uchun bosh da'vogar deb hisoblash mutlaqo adolatdandir. U bunga loyiq”, – dedi Mendesh.

Yamal oʻtgan mavsum 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 19 yoshli vinger Ispaniya terma jamoasi safida gʻalabali yakunlangan JCh-2026 musobaqasida 8 ta bahsda qatnashib, 1 ta gol muallifiga aylandi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0