Fidbol.net

Jorje Jezush «An-Nasr»ning mag‘lubiyatidan so‘ng: «Bizda biroz xavotir bor»

Tahririyat 13
Jorje Jezush «An-Nasr»ning mag‘lubiyatidan so‘ng: «Bizda biroz xavotir bor»

«An-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Qodisiya»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) o‘z fikrlarini bildirdi. Brendan Rojers shogirdlari chempionlik sari ishonch bilan odimlayotgan «An-Nasr»ning g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi.

«Tan olishim kerak, bizda biroz xavotir bor. Hatto menda ham, chempionlik poygalarida katta tajribaga ega bo‘lishimga qaramay, bu hissiyot paydo bo‘ldi. «Al-Qodisiya» — kuchli raqib. Biz mag‘lub bo‘ldik, lekin hamon birinchi o‘rindamiz. Oldinga intilishda davom etishimiz kerak», — dedi Jezush matbuot anjumanida.

Krishtianu Ronaldu, Joau Felish, Kingsli Koman, Sadio Mane va boshqa ko‘plab yulduzlarni o‘z safiga jamlagan jamoa 31 turdan so‘ng 79 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rinda 74 ochko bilan «Al-Hilol» bormoqda.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring