Jorje Jesus: "Men ahmoq emasman"
Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jesus tarkibni tanlash rejalari haqida gapirdi.
"Siz yangi murabbiy kelib, ko‘plab o‘yinchilarni almashtiradi deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin bu to‘g‘ri emas. Men ahmoq emasman. Bundan tashqari, tarkibda bo‘lmagan ko‘plab o‘yinchilarni chaqirishga vaqtim yo‘q. Keyingi to‘rt yil ichida tarkibda shubhasiz yangi o‘yinchilar bo‘ladi. Ammo Millatlar Ligasi tarkibi Jahon chempionati tarkibidan unchalik farq qilmaydi. Balki ikki yoki uchta yangi o‘yinchi bo‘lishi mumkin" - dedi Jesus Canal 11 telekanaliga bergan intervyusida.
Jorje Jesus ilgari Krishtianu Ronalduni Portugaliyaning ramzi deb atagan va tarkib bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti kelganda u bilan vaziyatni muhokama qilishini aytgan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0