Fidbol.net

Jonni Evans Tilemansning «Manchester Yunayted»ga o‘tishida hal qiluvchi rol o‘ynadi

Tahririyat 6
Jonni Evans Tilemansning «Manchester Yunayted»ga o‘tishida hal qiluvchi rol o‘ynadi

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi, hozirda esa «MYU» murabbiylar shtabi a’zosi Jonni Evans shu yozda yarim himoyachi Yuri Tilemansning «Aston Villa»dan «qizil iblislar» lageriga o‘tishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Manchester Yunayted Forever ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» direktorlar kengashi Evansdan belgiyalik futbolchi haqida so‘rab-surishtirgan, chunki bu futbolchilar ilgari «Lester»da birga to‘p surishgan. Evans yarim himoyachiga ijobiy tavsif berib, uning maydondagi va maydon tashqarisidagi professionalligini alohida ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Yuri Tilemansning transferini 14 iyul kuni e’lon qilgan edi. Transfer summasi 41 million yevroni tashkil etdi, belgiyalik futbolchi bilan shartnoma esa 2031 yilning 30 iyunigacha imzolandi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring