Joao Pedro «Barselona»ga o‘tmaydi
«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro bu yoz «Barselona»ga o‘tmaydi.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik forvard kataloniyaliklar klubining rejalariga kirmaydi. Hatto «ko‘k-anorranglilar» «Atletiko»dan Xulian Alvaresni transfer qila olmagan taqdirda ham, bu o‘tish amalga oshmaydi. Bundan tashqari, «Chelsi» yozgi transferlar oynasida o‘z futbolchisini sotishni rejalashtirmayapti — bunday variant noreal deb baholanmoqda.
Joao Pedro 2025 yilda «Brayton»dan 63 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0