Fidbol.net

Joan Garsiya ter Shtegenning «Barselona»dan ehtimoliy ketishiga munosabat bildirdi

Tahririyat 10
Joan Garsiya ter Shtegenning «Barselona»dan ehtimoliy ketishiga munosabat bildirdi

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya Mark-Andre ter Shtegenning jamoadan kutilayotgan ketishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yaqin vaqt ichida futbolchi «Ayaks»ga o‘tishi kutilmoqda.

«Ter Shtegen bilan bog‘liq vaziyat qanday ekanini bilmayman. Agar barcha tomonlar ketish eng yaxshi qaror deb hisoblasa, umid qilamanki, bu Mark uchun eng yaxshisi bo‘ladi. Ikkita qiyin mavsumdan keyin u uchun eng muhimi — to‘g‘ri tanlov qilishdir», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ter Shtegen «Jirona»da ijarada o‘tkazdi. 34 yoshli darvozabon bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi, shundan so‘ng og‘ir jarohat oldi.

Qo‘shimcha qilish joizki, germaniyalik futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring