"Bolonya" Roberto Pikkolini "Fiorentina"dan ijaraga oldi
Tahririyat
•
•
1
"Bolonya" hujum chizig‘ini "Fiorentina" forvardi Roberto Pikkoli bilan kuchaytirdi.
25 yoshli hujumchi "Bolonya" safiga 2027 yil 30 iyunga qadar ijara asosida qo‘shildi. Kelishuvda ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda futbolchini majburiy tarzda sotib olish bandi ham mavjud.
Xabarlarga ko‘ra, Pikkolining keyingi to‘liq transferi 18 mln yevroga tushadi. Bundan tashqari, yana 2 mln yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
Pikkoli 2025 yil yozida "Kalyari"dan "Fiorentina"ga 25 mln yevro evaziga o‘tgan edi.
U Florensiya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0