Fidbol.net

Embolo MLSga yo‘l oladi

Tahririyat 3
Embolo MLSga yo‘l oladi

«Renn» hujumchisi Brel Embolo MLS a’zosi «Atlanta Yunayted» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Ouest-Fransiya nashri xabariga ko‘ra, AQSH klubi 29 yoshli shveysariyalik futbolchi uchun 17 million yevrodan sal ko‘proq mablag‘ to‘laydi.

Embolo amerikaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Uning «Renn» bilan shartnomasida ushbu yoz uchun aniq belgilangan tovon puli miqdori ko‘rsatilgan edi.

O‘tgan mavsumda Embolo «Renn» safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Shveysariya terma jamoasida esa u 92 ta o‘yin o‘tkazib, 26 bor raqiblar darvozasini ishg‘Lion qilgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring