Fidbol.net

Pol Skoulz: "Tanlash imkoni bo‘lsa, "Manchester Siti"ni tanlardim"

Tahririyat 2
Pol Skoulz: "Tanlash imkoni bo‘lsa, "Manchester Siti"ni tanlardim"

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz agar bugungi kunda professional futbolchi bo‘lganida va Manchesterning har ikki klubidan taklif olganida, "Manchester Siti"ni tanlashini ma’lum qildi.

"Agar meni "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" sotib olmoqchi bo‘lsa, qaysidir klub muxlisi ekanimdan qat’i nazar, "Manchester Siti"ni tanlardim", — dedi Skoulz The Good, The Bad & The Football dasturida.

Pol Skoulz butun futbolchilik faoliyatini "Manchester Yunayted" safida o‘tkazgan.

U "qizil iblislar" tarkibida jami 717 ta uchrashuvda maydonga tushib, 155 ta gol urgan va 84 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring