Fidbol.net

Jezush Ronalduning noroziligi haqida: "Murabbiy bilan muammosi boʻlmagan loaqal bitta oʻyinchini ayting"

Tahririyat • • 1
Jezush Ronalduning noroziligi haqida: "Murabbiy bilan muammosi boʻlmagan loaqal bitta oʻyinchini ayting"

— Ronalduning [oʻyindan keyin] muxlislar bilan xayrlashmagani, shuningdek, uning maqomi muammoga aylanmoqdami?

— Bu shunchaki 10, 15, 20 soniya davom etgan alam, xolos. Bu hech qaysi holatda uning 20 yil davomida milliy jamoaga boʻlgan sadoqatini kamsitmaydi. Bir necha soniya norozi boʻlasan, besh daqiqadan keyin esa barchamiz terma jamoamizning muhim gʻalabasini nishonlaymiz.

— Ronaldu bilan bogʻliq shu kabi holatlarga qanday qaraysiz? Buni u bilan muhokama qilasizlarmi?

— Toʻgʻrisini aytsam, oʻzimdan, Bernardu va Brunu nomidan aytaman: hech kim bu masalaga bunchalik katta ahamiyat bermaydi. Bunday lahzalar boshqalarda boʻlganidek sodir boʻlib turadi. Menga murabbiy bilan hech qachon muammosi, murakkab vaziyatlari yoki nizolari boʻlmagan, murabbiydan yoki oʻzidan hech qachon hafsalasi pir boʻlmagan loaqal bitta futbolchini ayting. Bu har birimiz hayotda duch keladigan tabiiy narsalar. Narsalarga kengroq qaray olish va oldinga harakat qilish muhim, — dedi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring