Jek Grilish yana ijaraga ketmoqda
Tahririyat
•
•
2
The Athletic xabariga koʻra, "Manchester Siti" yarim himoyachini yana ijaraga beradi. Seshanba kuni u tibbiy koʻrikdan oʻtadi.
Qayd etilishicha, angliyalik futbolchi boʻyicha bir qator klublar, jumladan "Sanderlend" ham soʻrov yuborgan, ammo faqat "Everton" "shaharliklar" bilan kelishuvga erisha olgan. Bundan tashqari, "iriskalar" futbolchining oʻzi uchun ham asosiy variant edi.
Oʻtgan mavsumda Grilish Liverpul klubi safida APLda 20 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0