Arteta "Aston Villa"ga qarshi kechgan 1:0 hisobidagi oʻyin haqida: "Juda katta gʻalaba. "Arsenal" ajoyib oʻyin koʻrsatdi va bunga loyiq edi"
Oʻyin haqida
"Juda xursandman, bu juda katta gʻalaba. Bu erga kelib uch ochkoni qoʻlga kiritish oson emas edi. Fikrimcha, biz bunga loyiq edik. Ajoyib oʻyin koʻrsatdik. Bu har doim ham etarli boʻlavermasdi, ammo toʻpurarlarimiz oʻyinni juda yaxshi yakunlab, gʻalaba keltirishdi. Men bu erda gʻalaba qozonish qanchalik qiyinligini bilaman. Har bir katta jamoa ularga qarshi oʻyinlarda qiyinchilikka duch kelgan, chunki ular juda kuchli".
Futbolchilarga endi ishonayotgani haqida
"Men har doim oʻz futbolchilarimga ishonaman. Oʻyin darajasi vaziyatga ham bogʻliq. Oʻtgan yili biz bu erda juda alamli tarzda yutqazgan edik. Bu narsa hali ham ruhiyatga ta'sir qilayotgan edi".
Eze va Konsaning zaxiradan maydonga tushgani haqida
"Ebs bizga gʻalaba keltiradigan vaziyatlarni yaratadi. Ezri ham har bir qabula qilingan qarorida juda vazmin va xotirjam edi. Men ulardan juda mamnunman".
Transfer oynasining soʻnggi kunida bitimlar kutayotgani haqida
"Men bir kunga jarayondan uzilib qoldim. Diqqatim oʻyinga qaratilishi kerak edi, klubimizda bu ish bilan shugʻullanadigan kerakli insonlar bor", — dedi Arteta "Sky Sports"ga bergan intervyusida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0