Fidbol.net

Kuchli beshlik sharhi: “Man Siti” peshqadam, “Barsa” va “Real”dan olovli start, “Liverpul” va PSJda inqiroz

Tahririyat 3
Kuchli beshlik sharhi: “Man Siti” peshqadam, “Barsa” va “Real”dan olovli start, “Liverpul” va PSJda inqiroz

Angliyada “Manchester Siti” va “Arsenal” mavsumni ikki gʻalaba bilan boshlagan boʻlsa, “Liverpul” hali gʻalaba qozona olmadi. Ispaniyada “Barselona” va “Real” uch turdan keyin ham ochko yoʻqotgani yoʻq. Italiyada esa birdaniga oltita jamoa ikki oʻyinda 6 tadan ochko toʻpladi.

Angliya: “Siti” va “Arsenal” xatosiz, “Liverpul”da yana durang

Premer-ligada ikki turdan keyin “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Xall Siti” va “Chelsi” 6 tadan ochko jamgʻardi. Toʻplar nisbati boʻyicha “Siti” peshqadam.

“Manchester Siti” “Kristal Pelas” mehmoni boʻlib, 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoa ikki turda 6 ta gol urdi va mavsumni ikki gʻalaba bilan boshladi.

“Arsenal” ham ochko yoʻqotmayapti. Londonliklar “Aston Villa”ni safarda 1:0 hisobida engdi. Mikel Arteta jamoasi ikki turda 4 ta gol urgan va hali oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazmagan.

“Chelsi” — “Brayton” uchrashuvida esa ettita gol urildi. Londonliklar 4:3 hisobida gʻalaba qozonib, “Siti” va “Arsenal” qatori 6 ochko jamgʻardi.

gettyimages-2292716442-2048x2048.jpg

“Manchester Yunayted” birinchi turdagi magʻlubiyatdan keyin “Ipsvich”ni 5:2 hisobida engdi. “Liverpul” esa ikkinchi oʻyinida ham durang qayd etdi — bu safar “Nottingem Forest” bilan 2:2. Mersisaydliklar 2 ochko bilan 13-oʻrinda bormoqda.

gettyimages-2292902477-2048x2048.jpg

“Tottenxem” uchun esa mavsum ogʻir boshlandi. Jamoa “Nyukasl”ga 0:2 hisobida yutqazdi va ikki turdan keyin ochkosiz qolmoqda. “Tottenxem” hali gol ham urgani yoʻq.

2-tur natijalari:

  • “Kristal Pelas” 1:4 “Manchester Siti”

  • “Liverpul” 2:2 “Nottingem Forest”

  • “Koventri” 0:1 “Xall Siti”

  • “Bornmut” 1:1 “Everton”

  • “Tottenxem” 0:2 “Nyukasl”

  • “Sanderlend” 1:0 “Fulxem”

  • “Lids” 1:1 “Brentford”

  • “Chelsi” 4:3 “Brayton”

  • “Manchester Yunayted” 5:2 “Ipsvich”

  • “Aston Villa” 0:1 “Arsenal”

Ispaniya: “Barselona” va “Real” ochko yoʻqotmayapti

La Ligada uch turdan keyin “Barselona” va “Real” 9 tadan ochko bilan dastlabki ikki oʻrinni egallab turibdi. Toʻplar nisbati yaxshiroq boʻlgan kataloniyaliklar birinchi oʻrinda.

“Barselona” uchinchi turda “Rayo Valekano”ni 5:2 hisobida engdi. Kataloniyaliklar mavsum boshidan beri 12 ta gol urdi — bu chempionatdagi eng yaxshi koʻrsatkich.

gettyimages-2292957368-2048x2048.jpg

“Real” ham ishonchli gʻalaba qozondi. Madridliklar “Malaga” darvozasiga javobsiz toʻrtta toʻp kiritdi. “Real” uch turda 10 ta gol urgan va faqat ikkita gol oʻtkazgan.

gettyimages-2292359592-2048x2048.jpg

“Atletiko” ham peshqadamlardan uzoqlashmayapti. Diego Simeone jamoasi “Sevilya”ni safarda 3:1 hisobida engib, ochkolarini 7 taga etkazdi. Madridliklar “Barselona” va “Real”dan ikki ochko ortda.

3-tur natijalari:

  • “Rasing Santander” 3:2 “Elche”

  • “Alaves” 1:0 “Vilyarreal”

  • “Levante” 5:2 “Betis”

  • “Real Sosedad” 2:1 “Espanol”

  • “Sevilya” 1:3 “Atletiko”

  • “Real” 4:0 “Malaga”

  • “Deportivo” 3:1 “Valensiya”

  • “Selta” 0:2 “Atletik”

  • “Osasuna” 1:0 “Xetafe”

  • “Barselona” 5:2 “Rayo Valekano”

Italiya: oltita jamoa hali ochko yoʻqotmadi

A Seriyada ikki turdan keyin jadvalning yuqori qismida zichlik katta. “Roma”, “Inter”, “Milan”, “Yuventus”, “Atalanta” va “Latsio” ikki oʻyinda ham gʻalaba qozonib, 6 tadan ochko toʻpladi.

Ular orasida eng yaxshi toʻplar nisbati “Roma”da. Rimliklar bu turda “Lechche”ni 4:0 hisobida engdi. Jamoa ikki oʻyinda 8 ta gol urdi va hali birorta ham toʻp oʻtkazmadi.

gettyimages-2292395804-2048x2048.jpg

“Inter” “Kalyari”ni 1:0, “Yuventus” “Parma”ni 2:0, “Milan” esa “Venetsiya”ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. “Atalanta” “Bolonya”ni, “Latsio” esa “Jenoa”ni minimal hisobda engib, ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

“Napoli” esa ikkinchi turda ochko yoʻqotdi. Neapolliklar oʻz maydonida “Komo”ga 1:2 hisobida yutqazdi va 3 ochko bilan 10-oʻrinda qoldi.

2-tur natijalari:

  • “Milan” 2:0 “Venetsiya”

  • “Sassuolo” 2:1 “Torino”

  • “Montsa” 2:3 “Udineze”

  • “Fiorentina” 0:3 “Frozinone”

  • “Yuventus” 2:0 “Parma”

  • “Napoli” 1:2 “Komo”

  • “Latsio” 1:0 “Jenoa”

  • “Kalyari” 0:1 “Inter”

  • “Lechche” 0:4 “Roma”

  • “Atalanta” 1:0 “Bolonya”

Germaniya: “Bavariya” yirik gʻalaba bilan boshladi, “Bayer” qoqildi

Bundesligada yangi mavsumning birinchi turi oʻtkazildi. “Bavariya” chempionatni “Shtutgart” ustidan 5:1 hisobidagi yirik gʻalaba bilan boshladi va toʻplar nisbati boʻyicha birinchi oʻringa chiqdi.

gettyimages-2292460694-2048x2048.jpg

“Borussiya Dortmund” ham dastlabki uch ochkosini oldi. Dortmundliklar “Gamburg”ni 2:0 hisobida engdi. “RB Leyptsig” esa “Borussiya Myonxengladbax” darvozasiga javobsiz uchta toʻp kiritdi.

Birinchi turning asosiy kutilmagan natijasi “Bayer” ishtirokidagi oʻyinda qayd etildi. Leverkuzenliklar “Elversberg” mehmoni boʻlib, 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.

“Frayburg” “Verder”ni 4:1, “Augsburg” esa “Shalke”ni 3:0 hisobida engdi. Birinchi turdan keyin ettita jamoa 3 tadan ochko jamgʻargan.

1-tur natijalari:

  • “Bavariya” 5:1 “Shtutgart”

  • “Union Berlin” 3:3 “Ayntraxt”

  • “RB Leyptsig” 3:0 “Borussiya Myunxengladbax”

  • “Maynts” 0:0 “Paderborn”

  • “Kyoln” 3:2 “Xoffenxaym”

  • “Elversberg” 3:2 “Bayer”

  • “Borussiya Dortmund” 2:0 “Gamburg”

  • “Frayburg” 4:1 “Verder”

  • “Augsburg” 3:0 “Shalke”

Frantsiya: PSJ hamon gʻalabaga erishmadi, “Monako” esa peshqadam

Liga 1’da ikki turdan keyin faqat “Monako” 6 ochko jamgʻardi. Ular ikkinchi turda “Marsel”ni 2:0 hisobida engib, yakka peshqadamga aylandi.

PSJ esa ikkinchi oʻyinida ham durang qayd etdi. Parijliklar “Lill” bilan 2:2 hisobida oʻynadi. Ikki turdan keyin PSJda 2 ochko bor va jamoa 11-oʻrinda bormoqda.

gettyimages-2292358159-2048x2048.jpg

“Parij” ham mavsumni yaxshi boshladi. Jamoa “Nitstsa”ni 3:0 hisobida engib, 4 ochko bilan ikkinchi oʻringa koʻtarildi. “Lill”, “Lion”, “Renn” va “Trua”da ham 4 tadan ochko bor.

“Marsel” esa “Monako”dan uchralgan magʻlubiyatdan keyin 3 ochko bilan 8-oʻrinda qoldi.

2-tur natijalari:

  • “Lill” 2:2 PSJ

  • “Strasbur” 2:1 “Lans”

  • “Lion” 1:1 “Gavr”

  • “Loryan” 1:2 “Trua”

  • “Brest” 2:2 “Tuluza”

  • “Oser” 1:3 “Anje”

  • “Parij” 3:0 “Nitstsa”

  • “Renn” 3:2 “Le-Man”

  • “Monako” 2:0 “Marsel”

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring