“Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum
“Kuchli beshlik sharhi” loyihasida uikendning asosiy uchrashuvlari va jamoalarning ular oldidan qanday holatda ekaniga nazar tashlaymiz.
Angliya Premer-ligasi
APLning 2-turi “Manchester Siti”ning yirik gʻalabasi bilan boshlandi. Mareska jamoasi safarda “Kristal Pelas”ni 4:1 hisobida magʻlub etdi. Erling Holand dubl qayd etdi, Rayan Sherki ham gol urdi. “Siti” shu tariqa ikki oʻyindan keyin 6 ochko toʻpladi va startdayoq raqiblariga ochko yoʻqotish uchun koʻp imkoniyat bermasligini koʻrsatmoqda.

Endi asosiy e'tibor “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”ga qaratiladi. “Liverpul” birinchi oʻyinda “Nyukasl” bilan durang qayd etdi va endi “Nottingem Forest”ni qabul qiladi.
“Manchester Yunayted”da vaziyat ogʻirroq. Mankunianliklar chempionatni magʻlubiyat bilan boshladi, endi esa birinchi turda gʻalaba qozongan “Ipsvich”ni qabul qiladi. Ikkinchi oʻyinda ham ochko yoʻqotilsa, jamoa atrofida bosim ancha erta boshlanadi.
“Arsenal”ni esa jiddiyroq safar kutyapti. Londonliklar “Aston Villa” mehmoni boʻladi. “Arsenal” birinchi turni ishonchli oʻtkazdi, “Villa” esa 0:4 hisobida magʻlub boʻldi. Biroq chempionlik uchun kurashda aynan shunday safarlar muhim — “Siti” ochko yoʻqotmayotgan paytda “Arsenal” ham ortda qolmasligi kerak.
2-tur taqvimi:
“Liverpul” — “Nottingem Forest” — 29 avgust, 16:30
“Bornmut” — “Everton” — 29 avgust, 19:00
“Koventri” — “Xall” — 29 avgust, 19:00
“Tottenxem” — “Nyukasl” — 29 avgust, 21:30
“Chelsi” — “Brayton” — 30 avgust, 18:00
“Lids” — “Brentford” — 30 avgust, 18:00
“Sanderlend” — “Fulxem” — 30 avgust, 18:00
“Manchester Yunayted” — “Ipsvich” — 30 avgust, 20:30
“Aston Villa” — “Arsenal” — 1 sentyabr, 00:00
Ispaniya La Ligasi
La Ligada ikki turdan keyin “Barselona” va “Real” maksimal natija bilan ketyapti. Har ikki jamoada 6 tadan ochko bor. Shuning uchun hozircha Ispaniyadagi asosiy savol oddiy: ikki granddan qay biri birinchi boʻlib ochko yoʻqotadi?
Bu turda ularning ikkalasi ham oʻz maydonida oʻynaydi. “Real” “Malaga”ni qabul qilsa, “Barselona” “Rayo Valekano” bilan kuch sinashadi. Qogʻozda ikkisi ham favorit, lekin chempionlik poygasida bunday oʻyinlarda yoʻqotilgan ochkolar keyin qimmatga tushishi mumkin.

“Atletiko” esa allaqachon ochko yoʻqotishga ulgurdi. Madridliklar ikki turdan keyin 4 ochkoga ega va bu safar ikki oʻyinda ikki gʻalaba qozongan “Sevilya” mehmoni boʻladi.
3-tur taqvimi:
“Alaves” — “Vilyarreal” — 29 avgust, 00:30
“Levante” — “Betis” — 29 avgust, 20:00
“Real Sosedad” — “Espanol” — 29 avgust, 22:00
“Sevilya” — “Atletiko” — 30 avgust, 00:30
“Real” — “Malaga” — 30 avgust, 20:00
“Deportivo” — “Valensiya” — 30 avgust, 22:30
“Selta” — “Atletik” — 31 avgust, 00:30
“Osasuna” — “Xetafe” — 31 avgust, 22:30
“Barselona” — “Rayo Valekano” — 1 sentyabr, 00:30
Frantsiya Liga 1
Frantsiyada PSJning mavsum boshidagi muammolari davom etdi. Parijliklar birinchi turda “Renn” bilan durang oʻynagandi, ikkinchi turda esa “Lill” mehmonida 2:2 hisobini qayd etdi. Bu safar Luis Enrike jamoasi magʻlubiyatga juda yaqin keldi: “Lill” soʻnggi daqiqalargacha 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Vitinya 90+1-daqiqada farqni qisqartirdi, Markinos esa 90+5-daqiqada PSJga bir ochko olib keldi.

Shu tariqa PSJ dastlabki ikki turda ham gʻalaba qozona olmadi. Chempionat endi boshlangan boʻlsa-da, odatda Frantsiyada boshqalardan tez uzilib ketadigan jamoaning ikki oʻyindan keyin 2 ochkoda qolishi raqobatchilar uchun yaxshi imkoniyat.
Shu nuqtai nazardan “Monako” — “Marsel” uchrashuvi yanada qiziq boʻlib qoldi. Ikki jamoa ham birinchi turni gʻalaba bilan oʻtkazgan, “Marsel” esa toʻrtta javobsiz gol urgandi. Ulardan biri ikkinchi gʻalabani ham qoʻlga kiritsa, PSJning startdagi ochko yoʻqotishlaridan foydalanib qoladi.
2-tur taqvimi:
“Strasbur” — “Lans” — 29 avgust, 20:15
“Oser” — “Anje” — 29 avgust, 23:45
“Brest” — “Tuluza” — 29 avgust, 23:45
“Loryan” — “Trua” — 29 avgust, 23:45
“Lion” — “Gavr” — 29 avgust, 23:45
“Parij” — “Nitstsa” — 30 avgust, 18:00
“Renn” — “Le-Man” — 30 avgust, 20:15
“Monako” — “Marsel” — 30 avgust, 23:45
Italiya A Seriyasi
A Seriyaning 2-turi “Milan”ning gʻalabasi bilan boshlandi. “Rossoneri” oʻz maydonida “Venetsiya”ni 2:0 hisobida engdi. Birinchi boʻlimda hisob ochilmadi, ikkinchi boʻlimda esa Adrien Rabo gol urdi, soʻng mehmonlar futbolchisi Patrik Xalxal avtogol muallifi boʻldi. “Milan” birinchi turdagi gʻalabadan keyin bu safar ham ochko yoʻqotmadi va ikki oʻyindan 6 ochko toʻpladi.

Endi navbat qolgan favoritlarga. “Inter” startda “Montsa”ni 4:1 hisobida engdi va bu safar “Kalyari” mehmoni boʻladi. “Napoli” esa birinchi turda “Jenoa”dan 2:0 hisobida ustun keldi, endi “Komo”ni qabul qiladi. “Milan” olti ochko bilan oldinga chiqib olganidan keyin ikki jamoaga ham javob qaytarish kerak.
“Roma” ham birinchi turda yaxshi taassurot qoldirdi — rimliklar “Fiorentina”ni 4:0 hisobida magʻlub etdi. Endi jamoa “Lechche” mehmoni boʻladi. “Yuventus” esa “Parma”ni qabul qiladi. A Seriyada favoritlar startni deyarli bir xil boshlagani uchun hozircha har bir ochko yoʻqotish jadvalda darrov seziladi.
2-tur taqvimi:
“Fiorentina” — “Frozinone” — 29 avgust, 21:30
“Montsa” — “Udineze” — 29 avgust, 21:30
“Sassuolo” — “Torino” — 29 avgust, 21:30
“Yuventus” — “Parma” — 29 avgust, 23:45
“Napoli” — “Komo” — 30 avgust, 21:30
“Kalyari” — “Inter” — 30 avgust, 23:45
“Latsio” — “Jenoa” — 30 avgust, 23:45
“Lechche” — “Roma” — 31 avgust, 21:30
“Atalanta” — “Bolonya” — 31 avgust, 23:45
Germaniya Bundesligasi
Bundesligada yangi mavsum “Bavariya”ning kuchli starti bilan boshlandi. Myunxenliklar “Shtutgart”ni 5:1 hisobida magʻlub etdi. Birinchi boʻlimda faqat bitta gol urilgan boʻlsa, tanaffusdan keyin oʻyin ochilib ketdi va “Bavariya” raqibini yirik hisobda engdi.

Endi asosiy e'tibor “Borussiya Dortmund”, “Bayer” va “Leyptsig”ga qaratiladi. Dortmundliklar “Gamburg”ni qabul qiladi, “Bayer” “Elversberg” mehmoni boʻladi, “Leyptsig” esa “Borussiya Myunxengladbax” bilan oʻynaydi. “Bavariya” mavsumni 5:1 bilan boshlagan bir paytda uning asosiy raqobatchilari startdayoq ortda qolmaslikka harakat qiladi.
Birinchi turning yana bir qiziq tomoni — Bundesligaga qaytgan klublar. “Shalke” yangi mavsumni “Augsburg” mehmonida boshlaydi, “Paderborn” esa “Maynts” bilan oʻynaydi. Ayniqsa “Shalke”ning elitaga qaytishi Germaniya futboli uchun qiziq voqea — endi klub oldidagi birinchi vazifa Bundesligada oʻrnini mustahkamlash boʻladi.
1-tur taqvimi:
“Elversberg” — “Bayer” — 29 avgust, 18:30
“Kyoln” — “Xoffenxaym” — 29 avgust, 18:30
“Maynts” — “Paderborn” — 29 avgust, 18:30
“Leyptsig” — “Borussiya Myonxengladbax” — 29 avgust, 18:30
“Union” — “Ayntraxt” — 29 avgust, 18:30
“Borussiya Dortmund” — “Gamburg” — 29 avgust, 21:30
“Frayburg” — “Verder” — 30 avgust, 18:30
“Augsburg” — “Shalke” — 30 avgust, 20:30
Manba: championat.asia
Izohlar 0