Mareska "Kristal Pelas"ga qarshi kechgan 4:1 hisobidagi oʻyin haqida: "Boshida qiyin boʻldi, ammo keyin "Siti" oʻyinni nazorat qildi"
"Bu maydonda oʻynash qiyin. Biz buni oʻyindan oldin ham bilardik. Oʻyinning dastlabki daqiqalarida bunga guvoh boʻldingiz. Ammo keyinchalik biz oʻyinni nazorat qildik. Oʻyinning intensivligi, jamoaning ishtiyoqi meni juda quvontirdi.
Sherki bizga yordam bermoqda. U kelajakda ham bizga yordam beradi. Uning yuqori sifatli futbolchi ekanini bilamiz: "Bornmut"ga qarshi oʻtgan oʻyinda — ikkita golli uzatma, bugun esa — ikkita gol. Lekin oʻylashimcha, Rayan toʻpsiz ham juda yaxshi harakat qildi. U Uortonni nazorat qildi va juda koʻp mehnat qildi.
Foden sekin-asta qanotdagi oʻyinga moslashmoqda. Uning vinger emasligini bilamiz. Lekin biz echimlar topishga harakat qilyapmiz. Soʻnggi 10-15 daqiqada u markazda oʻynaganda, bu pozitsiya unga koʻproq yoqishi koʻrinib turdi. Biroq uning ishga boʻlgan munosabati juda yaxshi edi va aynan shu narsa bizga kerak", — dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0