Fidbol.net

JCH-2026: Habib Nurmagomedov bronza medali uchun o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi

Tahririyat 7
JCH-2026: Habib Nurmagomedov bronza medali uchun o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi

Mashhur jangchi Habib Nurmagomedov futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining bronza medali sohibi aniqlanadigan Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu o‘yinda men Fransiyaga muxlislik qilaman va Mbappe ikkita gol urib, to‘purarlar poygasida yakka peshqadam bo‘lib olishini xohlayman (nima uchunligini o‘zingiz tushundingiz). Qisqasi, bizni yaxshi futbol kutmoqda. Angliya — Fransiya, hatto bu nomning o‘ziyoq intriga uyg‘otmoqda», — deb yozdi sportchi ijtimoiy tarmoqlarda.

3-o‘rin uchun bahs 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring